Targ`ibot ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 20- yаnvar kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Unda 2020- yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 710– sonli qarori ijrosi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Mutaxassislar aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi va talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.

 

Axborot xizmati