Targ`ibot ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 19 –yanvar kuni Guliston davlat universitetida “Aholini ro'yxatga olishning dolzarbligi” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

Unda viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo`limi mutaxassislari, universitet mutasaddilari, o`qituvchi hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "2023- yilda O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

 

                                                                                              Аxborot xizmati