Joriy yilning 18- yanvar kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani hokimligida statistika bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar to`g`risida seminar tashkil etildi.

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

Seminar davomida qatnashchilarning aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish jarayonlari bilan bog`liq bo`lgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.
Axborot xizmati

