Aholini ro`yxatga olish bo`yicha targ`ibot ishlari davom etmoqda

Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumani statistika bo`limi tomonidan aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish yuzasidan seminar o`tkazildi.

O`rta Chirchiq tuman hokimligida tashkil etilgan tadbirda 2020- yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida” gi 710– sonli qarori ijrosi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha ma`lumotlar berildi.

Shuningdek, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonlaridagi mas`uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

 

 

Axborot xizmati