Aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha o‘rganish natijalari

Joriy yilning 15- yanvar kuni Xorazm viloyati Xiva shahar hokimligida respublika ishchi guruhining aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha olib borgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan yigilishi o‘tkazildi.

Malumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari Аndijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazilishi belgilandi.

Davlat statistika qo’mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Sherzod Dusnayev hamda Xorаzm viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i Asfandiyor Otamuratov Xiva shahar hokimiyati rahbariyati bilan hamkorlikda  tashkil etilgan ushbu seminarda Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumotlar  berildi.

Davlat statistika qo`mitasi vakillari va hududiy statistika organlari masʼullaridan iborat ishchi guruh Xiva shahri aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalarini qayta o`rganib chiqmoqdalar.

O`rganishlar davomida mahalla va aholi punktlari chegaralarining aniqligi, ko`chalar nom belgilarining o`rnatilganligi, uy va xonadonlarning raqamlanganligi o`rganilmoqda.

Shuningdek, joylardagi mahalla fuqarolariga aholini ro`yxatga olishning mazmun-mohiyati, undan ko`zlangan maqsad hamda mamlakatimizning kelgusi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutadigan o`rni xususida tushunchalar berilmoqda.

Bu kabi tadbirlar reja asosida boshqa hududlarda ham tashkil etiladi.

 

Axborot xizmati