Aholini ro`yxatga olish – davr talabi

Joriy yilning 11- yаnvar kuni Navoiy viloyati statistika bosharmasi Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish yuzasidan tadbir o`tkazildi.

Seminarda Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.

Seminarda, 2023- yilda o`tkaziladigan aholini ro`yhatga olishning tashkiliy rejasini tuzish maqsadida olingan aholi punktlarining sxematik rejalari, manzilli ro`yxatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yana bir bor aniqlik kiritilishu lozimligini ta`kidlab o`tdi.

Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro`yxatga olish varag`i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to`ldirish yo`riqnomasi bo`yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

                                                                                                                                                                                                

 

Axborot xizmati