Joriy yilning 11- yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani hokimligida viloyat statistika boshqarmasi boshlig`i B.Maxmadaliyev boshchiligida Aholini ro`yxatga olish ishlariga ko`rilayotgan tayyorgarlik bo`yicha seminar tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi 60 ta mahalla raislari, tuman kadastr bo`limi xodimlari, soliq inspeksiyasi, tijorat banklari va boshqa tashkilotlar xodimlari qatnashdilar. Seminarda Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumotlar berildi.
Shuningdek, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonlaridagi mas`uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`g`risida batafsil ma`lumot berishdi.
Axborot xizmati