Jizzaxda aholini ro`yxatga olish bo`yicha seminar tashkil etildi

  Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish yuzasidan tadbir o`tkazildi.

Unda 2020- yil 11- noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida” gi 710– sonli qarori ijrosi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

Shuningdek, seminar qatnashchilari аholini ro`yxatga olish varag`i shakllari bilan tanishtirildi va ularni to`ldirish yo`riqnomasi bo`yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Axborot xizmati