Joriy yilning 8- yanvar kuni Nukus tumani hokimligida tuman statistika bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar to`g`risida seminar tashkil etildi.
Seminarni tuman statistika bo`limi boshlig`i ochib, qatnashchilarga 710- son qarorning mazmun-mohiyati to`g`risida ma`lumot berdi.
Shuningdek, seminarda ishtirokchilar aholini ro`yxatga olish varaqalari shakllari bilan tanishtirildi va ularni to`ldirish yo`riqnomasi bo`yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Seminar davomida qatnashchilarning aholini ro`yxatga olishni tashkil etish va o`tkazish jarayonlari bilan bog`liq bo`lgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Axborot xizmati