Shifokorlar ishtirokida navbatdagi seminar bo`lib o`tdi

Joriy yilning 7- yanvar kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasining Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan ko'p tarmoqli markaziy poliklinikada aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Unda Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori mazmun-mohiyati xususida so`z yuritildi.

Tadbir so`ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

 

                                                                                                                         Axborot xizmati