Bank xodimlari ishtirokida o`quv seminar bo`lib o`tdi

Joriy yilning 6- yanvar kuni “Trastbank” Farg`ona bo`limi jamoasi ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Seminarda аholini ro`yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo`lib turganligini inobatga olgan holda, joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o`tildi. Xususan, tuman kadastr bo`limi hamda mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi birgalikda har bir aholi punktining xaritasi va sxematik rejasi, undagi uy va xonadonlarning to`liq aks ettirilishi, mahalladagi uy xo`jaligi  va aholi soni to`g`risidagi ma`lumotlarning doimiy ravishda yangilanib borishi muhimligini ta`kidladi.

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

 

Axborot xizmati