Aholini ro`yxatga olish – davr talabi

2020 yilning 29- dekabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi va O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida “Aholini ro`yxatga olish” mavzusida seminar o`tkazildi.

Seminarda Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

 

Seminarda aholini ro`yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta`minoti va ma`lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o`tkazish bo`yicha so`z yuritildi.

 

Tadbir so`ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Axborot xizmati