Aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi

Joriy yilning 29- dekabr kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasi va viloyat xalq ta`limi boshqarmasi hamkorligida “Aholini ro`yxatga olish” mavzusida seminar o`tkazildi.

Seminarda Ro`yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o`tkazish bo`limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berildi.

Shuningdek, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalari hamda shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma’lumot berib o`tildi.

Tadbir ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.


Axborot xizmati