Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Joriy yilning 23-dekabr kuni Mirzaobod tumani hokimligida tuman statistika bo‘limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-sonli qarorining ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.

Seminarda, 2023- yilda o`tkaziladigan aholini ro`yhatga olishning tashkiliy rejasini tuzish maqsadida olingan aholi punktlarining sxematik rejalari, manzilli ro`yxatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yana bir bor aniqlik kiritilishi lozimligini ta`kidlab o`tdi.

Mutaxassislar aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar to`grisida batafsil ma`lumot berishdi.

 

Axborot xizmati