Xalqaro ekspertlar missiyasi yakunlari muhokama qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi raisi B. Hamrayev hamda xalqaro ekspertlar Anita Perjina, Mariana Toteva va Rasmiyya Aliyeva ishtirokida missiya yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

p

Uchrashuvda missiya doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalaridan milliy hisoblar hamda qishloq xo‘jaligi statistikasida samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

p

Shuningdek, statistik ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi, izchilligi va sifatini ta’minlash, amaldagi metodologiyani xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda kuzatilmaydigan iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha ekspertlarning xulosa va tavsiyalari tinglandi.