Joriy yilning 15–31 yanvar kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi — onlayn bosqichi o‘tkazildi. Ushbu bosqichda talabalarning faol ishtiroki kuzatildi.

Shu munosabat bilan onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida faol ishtirok etgan talabalar o‘rtasida tanlov eʼlon qilingan edi. Tanlov shartlariga ko‘ra, savolnomada o‘zi va oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritgan talabalar noutbuk va planshetlar bilan taqdirlanishi belgilangan.

Shunga muvofiq, tasodifiy tanlash (random) usuli orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ishtirok etgan talabalar orasidan g‘oliblar aniqlandi.

Noutbuk sohibi bo‘lgan talabalar:
- Alimardon Qayumov (Toshkent davlat agrar universiteti);
- Nozima Sobirova (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti);
- Marjona Mirzahamdamova (Guliston davlat pedagogika instituti);
- Xonsuluv Xakimova (Jizzax davlat pedagogika universiteti);
- Gulyora Tohirjonova (Toshkent davlat transport universiteti).

Planshet sohibi bo‘lganlar:
- Vasliddin Malikov (Samarqand davlat chet tillari instituti);
- Guliston Bahriddinova (Guliston davlat universiteti);
- Omina Usmonjonova (Namangan davlat universiteti);
- Bunyodjon Yo‘lchiyev (Namangan davlat texnika universiteti);
- Aziza Xurramova (Nizomiy nomidagi O‘zMPU).
2026 yil 18 fevral kuni Milliy statistika qo‘mitasida Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, tanlovda g‘olib bo‘lgan 4 nafar talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, boshqa hududlardagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan g‘oliblar ro‘yxatidagi talabalarga sovg‘alar hududiy statistika boshqarmalari orqali yetkaziladi.

