Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning 2-bosqichi boshlandi

2026 yilning 4–28 fevral kunlari ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

Ushbu bosqichda ro‘yxatga oluvchilar — mahalla vakillari xonadonma-xonadon yurib, maʼlumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritadilar.

Hurmatli yurtdoshlar! Agar xonadoningizga kelgan registratorni tanimasangiz yoki unga nisbatan shubha tug‘ilsa, undan xizmat beydjikini ko‘rsatishni talab qiling.

Beydjikdagi QR-kod orqali registrator haqidagi maʼlumotlarni tekshirishingiz mumkin — ushbu maʼlumotlar yagona bazaga kiritilgan.

Shuningdek, 1851 qisqa raqami orqali faoliyat yuritayotgan kol-markazga qo‘ng‘iroq qilib, registrator haqida qo‘shimcha maʼlumot olish imkoniyati mavjud.

Ayrim holatlarda birinchi bosqichda onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolar xonadoniga ham registratorlar tashrif buyurishi mumkin. Bu, odatda, onlayn savolnomada maʼlumotlar xatolik yoki kamchiliklar bilan kiritilgani bilan bog‘liq bo‘ladi.