
Hurmatli fuqarolar! Ayni kunlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Maʼlumot uchun, ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqichda 15-31 yanvar kunlari yaʼni, 17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish.
2-bosqichda 4-28 fevral kunlari “Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
Ogoh bo‘ling! Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish faqat “Mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda fuqarolardan hech qanday SMS-kod yoki pul mablag‘lari so‘ralmaydi.
Shaxsiy maʼlumotlar telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali so‘ralmaydi.“Mahalla yettiligi” aʼzolari o‘z mahallasida 4-28 fevral kunlari ro‘yxatga olish tadbirini ifodalovchi maxsus beydjikda va eng muhimi maxsus ishlab chiqilgan yagona rasmiy platforma census.stat.uz sayti orqali sizning maʼlumotlaringizni xavfsiz maʼlumotlar bazasiga yuboradi.
Hurmatli yurtdoshlar! Agar xonadoningizga kelgan registratorni tanimasangiz yoki unga nisbatan shubha tug‘ilsa, undan xizmat beydjikini ko‘rsatishni talab qiling. Beydjikdagi QR-kod orqali registrator haqidagi maʼlumotlarni tekshirishingiz mumkin — ushbu maʼlumotlar yagona bazaga kiritilgan. Shuningdek, 1851 qisqa raqami orqali faoliyat yuritayotgan koll-markazga qo‘ng‘iroq qilib, registrator haqida qo‘shimcha maʼlumot olish imkoniyati mavjud.
Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi va boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.

