Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ham ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etib, onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Bugun mamlakatimiz hayotida juda muhim jarayon boshlandi. Biz, yoshlar, har doim islohotlarning markazida va yangiliklarning boshida bo‘lishga o‘rganganmiz. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri — bu shunchaki statistika emas, balki biz yashaydigan ertangi kunning asosi va poydevoridir!

Qadrli yoshlar! Sizlarni 31-yanvarga qadar census.stat.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishga chorlaymiz. Jarayon juda oson: OneID tizimi orqali bir necha daqiqa vaqt ajratsangiz kifoya.

Hatto hozirda xorijda bo‘lib turgan do‘stlarimiz ham masofadan turib ishtirok etishlari mumkin. Kelajakni aniq ma’lumotlar va yoshlarning faolligi bilan birga quramiz!