O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ ishchi guruhi vakillari tomonidan Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Vatan” va “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari tomonidan xonadonlarning GPS-koordinatalarini maxsus axborot tizimiga kiritish jarayonlari mahalla raisi va mutasaddilar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarini to‘g‘ri va sifatli tashkil etish, maʼlumotlarni aniq va o‘z vaqtida kiritish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida bajarilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida ish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



