Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S.Bekmuratov boshchiligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali tаlаbаlаri bilan Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida seminar tashkil etildi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berdi.
Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati