Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi mahallalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ishchi guruh vakillari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan mahallalarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari tomonidan xonadonlarning GPS-koordinatalarini maxsus axborot tizimi orqali qayd etish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla raislari va “yettilik” aʼzolari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ro‘yxatga olish jarayonlarini to‘g‘ri va sifatli tashkil etish, maʼlumotlarni aniq kiritish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvlar davomida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ularning kelgusida takrorlanmasligini taʼminlash maqsadida masʼullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.