Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasida o‘quv seminarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etilgan o‘quv seminarining ikkinchi kuni ham izchil davom etdi.

Seminar davomida viloyat madaniyat tizimiga qarashli tashkilotlar rahbar va xodimlariga boshqarmaning masʼul xodimlari tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati, huquqiy asoslari, amalga oshirish bosqichlari hamda ushbu jarayonda madaniyat sohasi xodimlarining vazifa va masʼuliyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish tadbirini samarali tashkil etish, maʼlumotlarni to‘g‘ri va aniq taqdim etish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar inobatga olinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.