
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Laziz Mirsoatov Andijon viloyati statistika boshqarmasida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etilgan shtab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Tashrif davomida qo‘mita raisi o‘rinbosari viloyat statistika boshqarmasida olib borilayotgan ishlar jarayonini bevosita kuzatib, ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va o‘z vaqtida tashkil etish, tashkiliy masalalarni yanada takomillashtirish hamda masʼul xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.


Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarida faol ishtirok etgan, o‘z xizmat vazifalarini namunaviy tarzda bajarib kelayotgan bir guruh xodimlar Milliy statistika qo‘mitasi rahbariyati nomidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Mazkur tashrif aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish, hududlardagi ishlarni yanada jadallashtirish hamda xodimlarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.



