Buxoro davlat universitetida “Aholini ro'yxatga olishning dolzarbligi” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.
Unda viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo`limi mutaxassislari, universitet mutasaddilari, o`qituvchi hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirokchilarga aholini roʻyxatga olishning ahamiyati, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini shakllantirishdagi o`rni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi "2023 yilda O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 710-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.