Farg‘ona texnika universitetida o‘quv seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona texnika universiteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov qatnashib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida aniq, to‘liq hamda ishonchli ma’lumotlarni yig‘ish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, har bir xonadon kesimida demografik hamda ijtimoiy-iqtisodiy holatni to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirish muhimligi ta’kidlandi.