O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Laziz Mirsoatov va viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i Nodirbek To'xtaboyevlar Andijon viloyatining Asaka tumanida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuzilgan shtab faoliyati bilan tanishdi.


Mahalla yettiligi a’zolari, Asaka tumani statistika bo‘limi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillariga aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi doirasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Ishchi tashrif doirasida Milliy qo‘mita raisi o‘rinbosari Asaka tumanida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.



