O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda 2026-yil 15-yanvar 28-fevral kunlari aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Belgilangan vazifalarni sifatli va samarali tashkil etish maqsadida joriy yilning 19-dekabr kuni “Navoiyuran” davlat korxonasida videokonferensiya tashkil etildi.


Videokonferensiyada ro‘yxatdan o‘tkazishda ishtirok etayotgan mobil guruhlarning mas’ul mutaxassislari, Davlat korxonasi tarkibiy bo‘linmalarining axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari hamda "Navoiyuran" rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbir davomida Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va maqsadlari, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish tartibi, shuningdek, census.stat.uz platformasiga ma’lumotlarni kiritish tartibi batafsil tushuntirildi.


O‘quv mashg‘uloti doirasida aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislarning asosiy vazifa va majburiyatlari, ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash chora-tadbirlari batafsil ko‘rib chiqildi.


Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli o‘tkazish, ushbu jarayonga jalb etiladigan mutaxassislarning bilim darajasi va kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.


