O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joylarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning sifatli o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlik va axborot-tushuntirish tadbirlari kompleksi amalga oshirilmoqda.


Joriy yilning 19-dekabr kuni Navoiy viloyatida Milliy statistika qo‘mitasi Ijtimoiy soha boshqarmasi boshlig‘i Q. Gulboyev va viloyat statistika boshqarmasi mas’ul mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bosh boshqarmasi mutaxassislari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.


Seminar doirasida ishtirokchilarga aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari tushuntirilib, ushbu jarayonning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashdagi muhim o‘rni qayd etildi.


Tadbir davomida ishtirokchilarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, jumladan, undan foydalanishning asosiy bosqichlari va tartibi haqida ma’lumot berildi.



