Xo`jaobod tumanida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tdi

 Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan viloyatning Xo'jaobod tumanida 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bo'yicha tadbir tashkil etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi va tuman hokimligi mas’ullari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari hamda kadastr organlari vakillari ishtirok etgan tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi "2023 yilda O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati haqida so`z bordi.

Viloyat statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha shu davrga qadar amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan dolzarb vazifalar xususida so`z yuritildi.

 

Axborot xizmati