2026-yil 15-yanvar 28-fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholi va qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bir qator tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu bosqich doirasida bevosita aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etgan “mahalla yettiligi” a’zolari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, fuqarolar bilan konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish, ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish, ro‘yxatga olish varaqalarini to‘ldirish tartibiga rioya qilish va boshqa tayyorgarlik masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘quv seminarlari “mahalla yettiligi” a’zolarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish, ularni ro‘yxatga olish jarayoniga puxta tayyorlash va barcha tadbirlarni samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.


