Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga-olish tadbirini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida vazirlik va idoralardan hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan o‘rganish va tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Shu munosabat-bilan “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi A.Sh.Isaqov Xorazm viloyati Urganch shahriga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida shtablar, shuningdek, mahallarda ro‘yxatga olish tadbiriga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


