2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakatimizda o‘tkazilishi belgilangan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik doirasida hududlarda izchil tarzda o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.


Buxoro viloyatining Kogon shahri va Vobkent tumanida ham ushbu yo‘nalishda amaliy o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

Seminarlarda mahalliy hokimliklar, maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari, tibbiyot birlashmalari va boshqa tashkilotlar vakillariga ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, maʼlumotlarni elektron tizimga aniq kiritish, shakllarni to‘g‘ri to‘ldirish hamda boshqa zarur amaliy masalalar bo‘yicha tushuntirish va metodik ko‘rsatmalar berildi.



