Adliya vaziri o‘rinbosari Bekobod shahridagi tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda tadbirga tayyorgarlik yuqori saviyada davom ettirilmoqda.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Toshkent viloyati Bekobod shahriga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati hamda chegara hududlarda joylashgan mahallalardagi tadbiroldi jarayonlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida vazir o‘rinbosari masʼullarga ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda aholiga mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

O‘rganishlar chog‘ida vazir o‘rinbosari tadbirning ahamiyati, uni xalqaro standartlar asosida amalga oshirish zarurligi, aholi bilan muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda maʼlumotlarni elektron tizimga to‘g‘ri kiritish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Shu bilan birga masʼullarga ro‘yxatga olish jarayonlarini puxta va aniq tashkil etish, aholiga tushuntirish ishlarini kuchaytirish, hududiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Tashrif doirasida bildirilgan fikr va takliflar asosida muayyan vazifalar belgilab olindi va ularning ijrosi yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.