Olmaliq shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U. Sadullayev Olmaliq shahriga tashrif buyurib, ro‘yxatga olishga oid ishlar holati, shtab faoliyati hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida ro‘yxatga olish tadbirining qadamlari, ro‘yxatga oluvchilar faoliyatini tashkil etish, hududiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish, elektron tartibda maʼlumotlarni to‘g‘ri kiritish, moliya va soliq tizimiga biriktirilgan masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, Maʼmuriy va tashkiliy jihatlar, texnik vositalar bilan taʼminlanganlik, o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoni va ro‘yxatga olish uchastkalaridagi holat o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida masʼullarga ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, o‘z vaqtida va aniq maʼlumotlarni kiritish hamda mahallalar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.