Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayorgarlik jarayonlari bo’yicha navbatdagi seminar tashkil etildi

Joriy yilning 10–11- dekabr kunlari Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil qilindi.

Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich boshchiligida tashkil qilingan mazkur tadbirda qo’mitaning markaziy apparati xodimlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023- yil 1–25- noyabr kunlari o’tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi ta’kidlanib, ushbu tadbirlarga ko’rilayotgan tayyorgarlik bo’yicha hisobotlar tinglandi.

Shuningdek, seminarda qo’mita rahbariyati va markaziy apparati tomonidan ishtirokchilarga ro’yxatga olish jarayonlarini sifatli tashkil etish, savolnomalarni to’ldirish, sinov tariqasida o’tkazilishi ko’zda tutilayotgan tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko’rish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Axborot xizmati