O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida hududiy statistika organlari tomonidan joylarda ro‘yxatga oluvchilarni tayyorlash maqsadida “Mahalla yettiligi” xodimlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Seminarda “Milliy statistika qo‘mitasi” vakili Z.Yuldoshev, Adilya vazirligi vakili J.Yusupov hamda shahar prokurori B.Ilyasovlar tomonidan mahalla yettiligi a'zolariga tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonining tartibi, raqamli platformalarda ishlash va ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish bo‘yicha tushunchalar berilib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.



