O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston tumanida seminar tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev ishtirok etib, mahalla yettiligi vakillari hamda mas’ul tashkilot rahbarlariga mazkur Farmon va qarorning mazmun-mohiyati, ularni amaliyotda samarali tatbiq etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.

Seminar yakunida mahalla yettiligi vakillari bilan savol-javoblar o‘tkazilib, joylardagi mavjud muammolar va takliflar tinglandi.


