Angor tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda

2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar respublikamizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro'yxatga olish ishlari o‘tkaziladi va ushbu tadbirga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi vazir o‘rinbosari N.Qodirov hamda Angor tuman hokimi birinchi o‘rinbosari O‘.Yo‘ldoshev birgalikda tuman shtabi faoliyati hamda tumanda ro'yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati va maqsadlari, bu jarayonda barcha ishtirok etishi haqida so‘z yuritildi.

Termiz tuman shtabi mas’ullari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha biriktirilgan idora va tashkilotlarning xodimlari bilan uchrashib, ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qildilar.