Sirdaryo viloyatida 2026 yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari G‘. Nasirov boshchiligidagi ishchi guruh Guliston tumanida bo‘lib, hududdagi tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida tumanda tuzilgan ro‘yxatga olish shtabi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mazkur muhim jarayonni samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza, xodimlarning tayyorgarligi hamda idoralararo hamkorlik holati batafsil o‘rganildi.

Uchrashuv chog‘ida tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan aniq vazifalar va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir yakunida ishchi guruh tomonidan ro‘yxatga olish jarayonini sifatli tashkil etish, aholining xabardorligini oshirish va jarayonni izchil nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

