Nukus tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida Energetika vaziri o‘rinbosari U. Mamadaminov ishtirokidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. 

Tashrif doirasida tumandagi ro‘yxatga olish shtabi aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, 2026 yil yanvar–fevral oylarida bo‘lib o‘tadigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. Shu kuni ishchi guruh Oqmang‘it, Tuktov, Baqanshaqli, Samanboy, Ulg‘ili makon, Arbashi va Takirko‘l mahallalarida bo‘lib, “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek targ‘ibot ishlari, shtablarning moddiy-texnika taʼminoti va masʼul xodimlar faoliyati bilan tanishildi. Uchrashuvlarda tadbirning mazmun-mohiyati tushuntirilib, uni samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.