Аholini ro’yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik yuzasidan seminar o’tkazildi

Joriy yilning 7- dekabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 11- noyabrdagi 710-sonli qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 66- sonli maktab internati o’qituvchi va o’quvchilar  ishtirokida seminar yig’ilish o’tkazildi.

Seminarda, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.