Buxoro viloyatida ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi raisi B. Hamrayev Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur tashkiliy choralar belgilab olindi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish, xodimlarni tayyorlash va aholini xabardor qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Viloyat shtabidagi ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi, masʼul idoralar faoliyati tahlil qilindi va mavjud masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.