Bugun Mirzacho‘l tumani hokimligi faollar zalida 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida aholini ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, maqsad va vazifalari, mazkur jarayon orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayon orqali aholining yashash sharoiti, bandlik holati, ta’lim darajasi, migratsiya jarayonlari va boshqa ijtimoiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
Shuningdek aholining faolligini oshirish, joylarda tushuntirish ishlarini kengaytirish va ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.







