Toyloq tumanida 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Erkin Muhitdinov, Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev, agentlik vakili H. Murodullayev hamda tuman shtabi a’zolari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonini yuqori saviyada tashkil etish, joylarda mas’ul komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va har bir xodimning vazifasini aniq belgilab olish masalalari muhokama qilindi.
Respublika O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Erkin Muhitdinov va tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan har bir komissiya va shtab a’zosiga tadbirni belgilangan muddatlarda, sifatli hamda mas’uliyat bilan o‘tkazish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida aholining faolligini oshirish, joylarda tushuntirish ishlarini kuchaytirish va ro‘yxatga olish jarayonlarida barcha tashkilotlarning hamkorlikda ishlashi zarurligi alohida ta’kidlandi.





