Joriy yilning 3-dekabr kuni Nukus shahar statistika bo‘lim boshlig'i A.Ibraymov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda o‘tkazilishi belgilanligi yuzasidan seminar o‘tkazildi. Targ‘ibot ishlari Nukus shahar №21-sonli umum ta'lim maktabining o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.


Mazkur seminar ishtirokchilarga Aholini ro'yxatga olish tadbiri yuzasidan to‘liq ma'lumot berilib, ushbu jarayonda faol qatnashish muhimligi, mamlakatimiz fuqarolari sonini aniqlash orqali iqtisodiy-ijtimoiy muammolar hal etilishi ko‘zda tutilganligi tushuntirildi.


Tadbir so‘nggida seminar ishtirokchilari tomonidan kiritilgan talab va takliflar o‘rganib chiqilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

