O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qibray tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar tumandagi barcha mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida o‘tkazilib, unda ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, amalga oshirish bosqichlari hamda mahallalarda olib borilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mas’ullari M.Jabborov va F. Jo‘rayev, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi vakili Sh.Ro‘ziyev ishtirok etib, mavzuga oid tushunchalar, metodik ko‘rsatmalar hamda namunaviy ish tartiblari bilan tanishtirdilar.





