O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, hududlarda mahalla yettiligi hamda ro‘yxatga oluvchi xodimlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
Navoiy viloyatining Navbahor, Karmana va Qiziltepa tumanlarida Milliy statistika qo‘mitasi mas’ul xodimi A. Nurov, viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda mas’ullari ishtirokida ro‘yxatga oluvchilarni o‘qitish ishlari amalga oshirildi.
Seminarlar davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish tartibi, so‘rovnoma shakllarini to‘ldirish, aholi bilan muloqot qilish madaniyati hamda axborotlarni to‘g‘ri kiritish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
O‘quv jarayonlarida mahalla yettiligi a’zolari va ro‘yxatga oluvchi xodimlarga o‘z faoliyatida amaliy yondashuvlarni qo‘llash, ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash hamda aholini faol jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ayni paytda hududlardagi o‘quv-seminarlar respublika miqyosida bosqichma-bosqich davom etmoqda.





