O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Bekobod tumaniga vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tuman shtabi faoliyati bilan tanishildi, amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda biriktirilgan idora va tashkilotlar xodimlari bilan asosiy vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.








