Navbahor tumanida ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik jarayoni izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli «Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati Navbahor tumanida amaliy ishlar izchil sur’atda olib borilmoqda

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan X. Elchibayev boshchiligidagi ishchi guruh shakllantirilgan bo‘lib, Navbahor tumani hududdagi tadbirlar muvofiqlashtirilmoqda.

Elchibayev rahbarligidagi guruh tomonidan Farmon ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda joylardagi ishlarni nazorat qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.